Komissar Klavdiya Vavilova harbiy hayotni eng odatiy narsa sifatida qabul qiladi. Uni endi faqat erkaklardan iborat jamoa, hayotga erkakcha yondashuv va shu hayotning erkaklar qoida-qonunlari cho‘chitmaydi. U shunday yashab kelayotganiga ancha bo‘lgan va nimanidir o‘zgartirishga sabab ko‘rmaydi. Ammo bir kuni u o‘zining homilador ekanini bilib qoladi va avvalgi tartibda yashash endi mumkin emasligi ayon bo‘ladi. Yangi yo‘l izlab, Klavdiya qishloqqa ketadi va shovqin-suronli, ko‘p farzandli oilada panoh topadi.
Go‘dakning tug‘ilishi Klavdiya uchun yangi, eng murakkab missiyaga aylanadi. U onalikni o‘rganishi, yordam so‘rashni bilishi va hammasi teskari ketayotgandek tuyilganda ham taslim bo‘lmaslik uchun o‘zida kuch topishi kerak bo‘ladi.