Robert Redford, Keyt Blanshet, Tofer Greys va Elizabet Moss Jeyms Vanderbiltning biografik dramasida.
Filmning asosida 2004 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan sodir bo'lgan haqiqiy skandal tarixi yotadi.
CBS telekanalining superomadli yangiliklar boshlovchisi Den Razer jonli efirda Jorj Bush kenja qudratli otasi orqali AQSh Milliy gvardiyasiga kirib, Vietnonga bormaslik uchun imkoniyat topganligini e'lon qilgan.
Ammo, Bushning obro'siga jiddiy zarba berishi mumkin bo'lgan ochiqlangan faktlar, aksincha, teskari natijaga olib keldi. Nomzodning ma'muriyati ayblovlarga javob bermadi - buning o'rniga materialning haqiqiyligi shubha ostiga qo'yildi. Ichki tergov boshlandi, bu esa katta skandalga olib keldi: hujjatlarning haqiqiyligi isbotlanmaganidan so'ng, Denning obro'si zarar ko'rdi va materialning jasur muallifi Meri Meyps ishini yo'qotdi.
Butun Amerikani larzaga keltirgan ushbu skandalning barcha bosqichlarini kuzatish uchun "Haqiqat" filmni onlayn ko'rishni tavsiya qilamiz.
Haqiqat filmini onlayn kinoteatrimizda yaxshi HD sifatda mutlaqo bepul tomosha qilishga taklif qilamiz. Maroqli tomosha tilaymiz!