Asr poygasi

Dunyo boʻylab regatada qatnashish uchun hamma narsasini tikkan, ammo unga mutlaqo tayyor boʻlmagan omadsiz tadbirkor Donald Krouxyorst haqidagi hayotiy voqea.

Kino haqida

Hammasi 1968-yilda, “The Sunday Times” gazetasi dunyo boʻylab eng yirik regata oʻtkazilishini eʼlon qilganida boshlandi. Poyga qoidalariga koʻra, marraga birinchi boʻlib kelgan hamda eng yuqori tezlikni koʻrsatgan ishtirokchi pul mukofotini qoʻlga kiritardi. Bunda qatnashchilar biror marta toʻxtamasdan butun yer sharini aylanib chiqishlari shart edi. Krouxyorst darhol poygada qatnashishga ariza topshirdi: u gʻalaba orqali boshqa xayolparastlarni ruhlantirishni va bir yoʻla oʻz firmasining ishlarini oʻnglab olishni niyat qilgandi.

Sayohat uchun qayiq kerak edi, uni qurish uchun esa Krouxyorst katta miqdorda qarz oladi. U loyihalashtirgan trimaran poygadagi eng tezkor kema boʻlishi kerak edi, biroq suzishga chiqish vaqtigacha toʻliq bitkazilmadi. Shunga qaramay, ortga chekinish uchun endi kech – Krouxyorst baribir yoʻlga chiqishga qaror qiladi. Trimaran bilan bogʻliq muammolar oʻzini uzoq kuttirmaydi va Krouxyorst oʻz kuchiga ortiqcha baho berganini tan olishga majbur boʻladi...

Sarguzasht filmlari muxlislarini real voqealarga asoslangan “Asr poygasi” hayajon filmini onlayn tomosha qilishga taklif etamiz.

Janr
Dramalar
Sarguzasht
Tarjimai hol
Xorijiy
Davomiylik1 hr 37 min
Yil2018
Cheklovlar18+
Tillaroʻzbek tili, ruscha, ozarbayjoncha, ingliz tili
Tagyozuvlaringliz tili, ruscha
6,7
Qiziqarli syujet
10 141 baho

Kino materiallari

Treylerlar va materiallar

Kadrlar