Tanish yo‘nalish bo‘ylab – 9¾ platformasidan Xogvartsning Katta zaligacha – ulg‘aygan "bitiruvchilar": Deniel Redkliff, Rupert Grint va Emma Uotson o‘z do‘stlari va sehrgarlarning katta avlodi bilan birga yetib kelishadi. Loyihada barcha qismlar rejissyorlari: Kris Kolumbus, Alfonso Kuaron, Mayk Nyuell, Devid Yeyts ham ishtirok etishdi. Nostaljik sayohat, ta’sirli uchrashuv va samimiy e’tiroflardan tashqari, maxsus epizod tomoshabinlar uchun ko‘plab kutilmagan sovg‘alar va chinakam sehrli lahzalarni tayyorlab qo‘ygan.