U (Amediateka)

U (Amediateka)

Kichik Derri shaharchasida qandaydir g‘alati voqealar sodir bo‘lmoqda: odamlarning g‘oyib bo‘lishi, qo‘rqinchli vahimalar, g‘alati belgilar… Kattalar atrofda nima bo‘layotganiga e’tibor bermas ekan, vaziyatni oydinlashtirishga mahalliy bolalar qaror qiladi.

Kino haqida

1988-yil, Amerikaning Derri shaharchasi. Kichkina Jorji akasi Bill kasal bo‘lib yotgan paytda yolg‘iz sayr qilgani chiqadi, ammo uyga qaytib kelmaydi. Oradan bir yil o‘tgach ham Bill hanuz Jorji butunlay ketganiga ishonishga tayyor emas. Shaharda odamlar g‘alati tarzda yo‘qolishda davom etadi: ularning maktabidagi bir qiz va mahalliy bezori bedarak yo‘qoladi. Bo‘layotgan barcha voqealar ortida kim turganini hech kim bilmaydi, politsiya esa qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa – komendantlik soatini joriy etish.

Do‘stlari bilan birga Bill g‘alati vahiylarning guvohiga aylanadi va bolalar barcha dahshatli voqealar ortida Pennivayz masxaraboz qiyofasini olgan qadimiy sirli kuch yashiringanini tushunadilar. Yovuzlikka qarshi kurashda bolalar o‘zlarining eng katta qo‘rquvlari bilan yuzlashishlariga to‘g‘ri keladi, bu dahshatli tushda esa ular butunlay yolg‘iz qoladilar, chunki kattalar hamon hech narsani payqamaydi…

Jonu dilni muzlatadigan hikoyalarining barcha muxlislarini onlayn-kinoteatrimizda Stiven Kingning «U» dahshatli asarining ajoyib ekranizatsiyasi bilan tanishishga taklif qilamiz.

Mamlakatlar
AQSH
Janr
Qoʻrqinchli filmlar
Trillerlar
Ekranizatsiyalar
Xorijiy
Davomiylik2 hr 8 min
Yil2017
Cheklovlar18+
Tillarruscha
Hozircha baholar yoʻq
Film haqida fikringizni bildiring