Har bir qism turli mamlakatlardagi insonlar hikoyalari bilan to‘la. Ilonboz bolalar, dunyodagi eng serjun qiz, yuzni deformatsiya qiluvchi o‘smalari bor insonlar va mushaklari suyakka aylanib borayotganlar… Bu noodatiy qahramonlar eng murakkab operatsiyalar va reabilitatsiyadan o‘tadilar. «Tana anomaliyalari» hujjatli loyihasining asosiy maqsadi — kam o‘rganilgan kasalliklarga e’tibor qaratish va aql bovar qilmas narsalarga qodir inson ruhining kuchini namoyish etishdir.