Tinib-tinchimas tadqiqotchi Josh Geyts tomoshabinlar oldiga yangi loyiha bilan qaytmoqda. Arxiv hujjatlari va zamonaviy texnologiyalar yordamida boshlovchi tarixdagi eng tushunarsiz jumboqlarda haqiqatni uydirmadan ajratishga harakat qiladi. Birinchi mavsumda tomoshabinlar «Gavana sindromi» holatlari, Charlz Lindberg o‘g‘lining o‘g‘irlab ketilishi va Dyatlov guruhiining sirli g‘oyib bo‘lishi haqida bilib oladilar. Boshlovchi Rasputinning o‘ldirilishi bo‘yicha yangi versiyalarni tahlil qiladi, Bigfut tasvirlangan tasmani ko‘rib chiqadi va hatto Viktoriya davri shifoxonasining maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlari yordamida Jek Qassobning shaxsini aniqlashga urinadi.