Richard Brenson Londonda ulg‘aygan, u disleksiya sabab maktabni erta tashlab ketgan. Biroq uning ilk muvaffaqiyatli biznes-loyihasi aynan o‘sha paytda yuzaga kelgan: yosh Richard talabalar jurnaliga asos solgan, bu esa unga 22 yoshida ilk millionini topish imkonini bergan. Yildan yilga Brensonning biznes imperiyasi rivojlanib, turli yo‘nalishdagi loyihalar bilan kengayib borgan: nashriyot, musiqa, sport, sayohatlar va xayriya. Film suratga olingan paytda Richard Brenson koinotga parvozga tayyorlanayotgan edi va keyinchalik uni o‘z kompaniyasining kemasida muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Xo‘sh, uning siri nimada? Bu savolga tadbirkorning o‘zi, uning hamkasblari, do‘stlari va yaqinlari rejissyor Kris Smitga bergan eksklyuziv intervyularida javob berishga harakat qiladi. Bundan tashqari, biografik loyihaga kiritilgan noyob arxiv kadrlari portretga ajoyib chizgilar qo‘shadi.
Sizni ilhomlantiruvchi hujjatli film serial «Brenson»ni tomosha qilishga taklif qilamiz.