Yigit ilk uchrashuvda va qizni uyiga kuzatib qo‘yayotganda nimalar haqida o‘ylaydi? Uni o‘z qarindoshlari bilan tanishtirayotganda yoki kutilmaganda bloklanganlar ro‘yxatiga tushib qolganda-chi? Qizning o‘zi bu paytlarda nimalarni o‘ylaydi? Yumoristik lavhalar sevib qolgan insonning fikrlari, so‘zlari va xatti-harakatlari bir-biridan qanchalik farq qilishini rostgo‘y va bezaksiz ko‘rsatadi. Albatta, bir xil voqealarga erkaklar va ayollarning qarashi ham naqadar turlicha ekanini ham. Ammo bu ziddiyatlar yosh juftlikning birga qolishiga xalaqit bermaydi! Hech bo‘lmaganda, ma’lum vaqtgacha. Fars va o‘z-o‘zini kinoya qilish ohanglariga ega yengil romkom «Sof haqiqat»ni onlayn tomosha qilish mumkin.