Xarms asarlari motivlari asosidagi spektakl uning eksperimental she’rlari, absurdistik hikoyalari, falsafiy miniatyuralari va maktublardan olingan haqiqiy satrlarni birlashtiradi. Tinglovchi qarshisida Xarms turlicha namoyon bo‘ladi: muloyim va kinoyali, kulgili va fojiali, muhabbatga oshno va yolg‘iz. Audiospektakl — yozuvchining asarlari satrlari orasiga yashiringan ovozini eshitishga urinish.