1984-yil 16-oktyabr kuni, Frantsiyaning Lepanj-sur-Volonj shaharchasida 4 yoshli Gregori Villyumen uy hovlisida o'ynayotgan edi. Bolani onasi Kristin kuzatib turardi. Ammo ayol qarindoshining qo'ng'irog'iga javob berish uchun oshxonaga kirdi. Bir necha daqiqadan keyin qaytib kelganida, Kristin o'g'lining yaqinida topolmaydi. Atrofdan qidirib, ayol bolaning yo'qolishi haqida politsiyaga xabar beradi.
Bir necha soatdan keyin politsiya kichik Gregorining tanasini shahardan etti kilometr uzoqda, daryo yonida topadi. Ish darhol keng jamoatchilik rezonansiga ega bo'ladi: sirli o'g'irlanish va keyinchalik bolaning o'ldirilishi tergoviga butun dunyo gazetlarining birinchi sahifalari bag'ishlanadi. Hatto 37 yildan keyin ham jinoyatchining ismi aniqlanmagan.
Haqiqiy voqealarga asoslangan "Gregori ishi" mini-serialini Ivi platformasida onlayn ko'rish mumkin.