Yekaterina Rojdestvenskaya, taniqli rossiyalik fotograf, jurnalist, tarjimon va feshn-dizayner, Moskvaning bir hovlisi tarixini so‘zlab berish uchun o‘z bolaligiga qaytadi. Bu — Povarskaya ko‘chasidagi 52-uy, bu yerda yakshanbalik piroglar hidi dimog‘ga urilar, postamentda esa bronzadan yasalgan Lev Tolstoy qotib turardi. Bu yerda uning ota-onasi — shoir Robert Rojdestvenskiy va adabiyotshunos tanqidchi Alla Kireyeva yashab, ijod qilgan. Ularning uyi doimo mehmonlarga — keyinchalik oltmishinchi avlod vakillari deb ataladigan yosh shoirlar, yozuvchilar, rassomlarga to‘la bo‘lardi.