Jeyk Kleyn — hayoti allaqachon kinoni eslatmay qo‘ygan gollivudlik rejissyor. O‘zini boqish uchun u ko‘chmas muldo bilan savdo qiladi, munosabatlardan esa faqat ishqiy sarguzashtlar qolgan bo‘lib, ular uning yolg‘izligini yanada kuchaytiradi. O‘zi uchun qadrli bo‘lgan hamma narsani nega qayta-qayta barbod qilayotganini tushunishga uringan Jeyk avtobiografik film suratga olishga qaror qiladi. U o‘z rolini ijro etish uchun aktyor yollaydi, suratga olish uchun uy ijaraga oladi va ulkan bazm uyushtiradi. Ammo haqiqat ssenariydan ham murakkabroq bo‘lib chiqadi. To‘satdan maydonchada u sobiq sevgililari, avvalgi «men»lari va hatto vafot etgan otasi hamda bobosi bilan to‘qnash keladi.