Sobiq sudya va ashaddiy katolik Mariano De Santis, «Temir-beton» laqabli, prezidentlik kursisida so‘nggi oylarini o‘tkazmoqda. U hali evtanaziya huquqi to‘g‘risidagi qonunni imzolashi kerak. Ayni paytda Mariano o‘z turmush o‘rtoqlarini o‘ldirgan mahbuslarni afv etish haqidagi ikkita iltimosnomani oladi. Maranoning o‘zi ham bevadir, u xotinini qizg‘in sevgan. Mana qirq yildirki, uni bir savol tinch qo‘ymaydi: uning yashirin oshig‘i kim bo‘lgan? O‘z hukmronligi va butun hayotiga yakun yasar ekan, De Santis hatto yaqinlarini ham hayratga soladigan qarorlar qabul qiladi. «Gratsiya» nomli nafis italyan dramasini onlayn tomosha qilish mumkin.