2011 yilda tadbirkorlar Steysi Spaiks va Hamet Vatt loyiha — kinoteatrlarda filmlarni cheksiz tomosha qilish uchun obunani ishga tushiradilar. 2017 yilda xizmat narxni oyiga 9,95 dollargacha tushiradi va shiddat bilan yuksaladi: foydalanuvchilar soni 20 mingdan 1,5 milliongacha oshadi. Biroq investitsiyalarni jalb qilish uchun Spaiks va Vatt boshqaruvni yangi investorlarga — Ted Farnsvort va Mitch Louga topshirishga majbur bo‘ladilar. Tanqidchilarning aniq ifodasi bilan aytganda, bu «oq qutqaruvchilar» asoschilarni ishlardan chetlatadilar va hayp hamda pul ortidan tiyib bo‘lmas poygani boshlaydilar, bu esa falokatni yaqinlashtiradi.