XXI asrda qanday qilib qullikka tushib qolish mumkin? Bu o‘ylagandan ham osonroq, NXIVM xususiy kompaniyasining shov-shuvli tarixi esa oshkor bo‘lgan misollardan faqat bittasi, xolos. Fosh etilish yuz berdi — biroq kompaniya tashkil etilganidan uning rahbarlari hibsga olinguniga qadar 20 yil o‘tdi. NXIVMning sobiq ishtirokchilari ommabop shaxsiy rivojlanish treninglari ortida nimalar bo‘lganini so‘zlab beradilar. Shantaj, majburiy mehnat, jinsiy qullik, maxfiy «opa-singillik» sektasi — bularning zamonaviy jamiyatda mavjudligiga ishonish qiyin. Bundan hech kim himoyalanmaganini tan olish esa yanada qiyinroq.