Rejissor Xanna Olson arxiv materiallari, izdoshlar bilan intervyular va Karlson oilasi bilan suhbatlar yordamida voqealarni qayta tiklaydi. Serial Emi fastfuddagi ishdan o‘zini «Ona-ma’buda» deb e’lon qilishigacha bo‘lgan yo‘li, kultning rivojlanishi va «Ota xudo»ning paydo bo‘lishi, shuningdek, ularning Gavayidan haydalishi hamda sektaning keyingi tarixi haqida hikoya qiladi. Batafsil bilish uchun «Sevgi g‘alaba qozondi: "Ona-ma’buda" kulti»ni onlayn tomosha qiling.