AQSH Harbiy-havo kuchlari mayyori Frenk Kross — Iroqdagi o‘zboshimcha operatsiya uchun harbiy tribunal oldida javob berishi kerak bo‘lgan tavakkalchi. Ammo prezidentning PR xizmati uni saylovoldi kampaniyasi uchun milliy qahramonga aylantiradi. Bundan tashqari, mayyor strategik arsenal bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa uchun kompyuter o‘rnatilgan «yadroviy chamadoncha» saqlovchisi lavozimini oladi. Ammo ishining ilk kunidayoq yollanma askarlarning elita guruhi dadil talonchilik uyushtirib, chamadonni olib ketadi. Kross mo‘jiza bilan tirik qoladi va nima bo‘lsa ham yovuzlarni to‘xtatishga qaror qiladi.