El-Salado kichik shaharchasida odamlar qadimgicha yashashadi — sehr-joduga, la’natlarga va alomatlar kuchiga ishonishadi. Yosh ayol Karmen tug‘ruq vaqtida vafot etganda, doya chaqaloq tanasida bosh suyagi ko‘rinishidagi tug‘ma dog‘ni payqaydi. U shunday deydi: bu bola baxtsizlik keltiradi. O‘sha kundan boshlab Avrora deb atalgan qiz yolg‘izlikda ulg‘ayadi. Otasi qizini undan qo‘rqib, uni ko‘rganda cho‘qinadigan va pichirlab do‘zax farzandi deb ataydigan odamlardan yashiradi.
Ammo 15 yoshida Avrora otasiga quloq solmay, shaharga chiqadi. U yerda uni sal bo‘lmasa toshbo‘ron qilishadi, ammo ayni shu paytda baxtsiz qizga Rodrigo yordamga keladi. U xurofotlardan qo‘rqmaydi. Ular o‘rtasida do‘stlik boshlanadi va u ilk muhabbatga aylanadi. Avrora nafaqat o‘z baxti uchun kurashishi, balki hammaga la’natlanmaganini isbotlashi ham kerak bo‘ladi.