Manas, Azamat va Dima — bolalikdan do‘st va tungi klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan sportchilar. Ularning har biri qaramlikning fojiali oqibatlariga duch kelgan: Manasning otasi dozani oshirib yuborishdan vafot etgan, Azamatning qizi taqiqlangan moddalarni iste’mol qilishga o‘rganib qolgan, Dimaning akasi esa ularni tarqatgani uchun qamoqqa tushgan. Do‘stlar harakat qilishga qaror qiladi: zakladchilarni kuzatib topishadi, ularni do‘pposlashadi, hammasini videoга olishadi va internetga joylashadi. Ular hatto shaharning bir tumanida jinoyatchilik darajasini pasaytirishga ham muvaffaq bo‘lishadi, ammo ularning harakatlaridan ham politsiya, ham mahalliy jinoiy guruh boshlig‘i xabar topadi.