Tadbirkor Zulfiqor Qarsli – Katta Istanbul avtovokzalining qiroli va choʻqintirgan otasidir. Ammo uning hukmronligi ham, hayoti ham poyoniga yetib bormoqda. Umidsiz tashxis qoʻyilgan va oʻch olmoqchi boʻlgan dushmandan qoʻrqqan Zulfiqor zudlik bilan oʻziga voris qidiradi. Uning yagona oʻgʻli Zafar ruhiy kasallikdan azob chekadi, shu sababli ota uning oʻrniga boshqa odam topishga qaror qiladi. Bu rol qarzlarga botgan jasur yigit Temurga nasib etadi. U Zafarning shaxsiyatini qabul qilib, boy xonadonga qadam qoʻyadi hamda soxta qarindoshlari va “rafiqasi” Rayhonning hayotini ostin-ustun qilib yuboradi. “Merosxo'r” turk dramasini onlayn tomosha qilishingiz mumkin.