Reportyor Kamilla Priker ko‘p yillik ruhiy buzilish va alkogolizm sabab tushgan psixiatriya klinikasidan chiqadi. Muharrir qizni topshiriq bilan uning tug‘ilib o‘sgan shaharchasi Uind Gepga yuboradi, u yerda bir yil avval 13 yoshli qiz o‘ldirilgan, endi esa 14 yoshli Natali Kin g‘oyib bo‘lgan. Tanish joylarga qaytgan Kamilla yoshlik davriga oid bezovta qiluvchi xotiralar ta’siriga tushib qoladi. Qiz onasi, jamiyat xonimi Adora, o‘gay otasi Alan va o‘gay singlisi Amma yashaydigan uyga joylashadi. Kamilla va Amma bolaliklarini eslaydilar, Adora bilan murakkab munosabatlarini va ularning hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan oilaviy fojeani muhokama qiladilar…
Kamilla va uning oilasi o‘tmishi qanday sirlarni yashiradi? Ko‘proq bilish uchun bosh rollarda ajoyib Emi Adams va Patrisha Klarkson ishtirok etgan «O‘tkir buyumlar»ni onlayn tomosha qil.