O‘sha oqshom Malin va Tobias mehmon kutishayotgan edi. Enaga bolalar bilan tepada qoldi, ular esa qo‘shnilarni kutib olish uchun mehmonxonaga tushishdi. Kechki ovqat endi boshlanganida, uy eshigi taqilladi. Ostonada politsiyachilar turishardi, ular dahshatli xabarni yetkazishdi: enaga o‘lik, barcha dalillar esa Tobiasga ishora qilmoqda.
Malin bunga ishonishni rad etadi. U advokat, va u erini himoya qiladi. Ammo u tergovga qanchalik chuqur sho‘ng‘isa, shunchalik ko‘p sirlar yuzaga qalqib chiqadi va ayolni shubhalanishga majbur qiladi. Va u haqiqatga qanchalik yaqinlashsa, shunchalik dahshatliroq savol tug‘iladi: agar u rostdan ham qotilni himoya qilayotgan bo‘lsa-chi?