Arodanda odamlar Nomlanganlar va ismi yo‘qlariga bo‘linadi. Hammasini odamlarga qutichalar ko‘rinishidagi tuhfalarni taqdim etadigan Ikki yuzli ma’buda boshqaradi. Har kimning qutichasi o‘ziga xos. Ichida nima borligi buyuk ne’mat ham, haqiqiy baxtsizlik ham bo‘lib chiqishi mumkin. Qutichalarni faqat tanlanganlar — Bebaho kishilar ochishi mumkin.
Lika — ulardan biri. Ammo uning in’omida jiddiy nuqson bor: u qutichalarni darrov ocha olmaydi, o‘zinikini esa umuman ocholmaydi. Bir kuni uni saroyga mag‘rur shahzoda Sevirning qutichasini ochish uchun chaqirishadi. U negadir buni xohlamaydi, ammo Lika kelishuvni bajarishi shart, aks holda uning va oilasi ustidan o‘limli xavf osilib qoladi.