Shimoliy armiya qo‘mondoni Syao Ui masalalarni kuch bilan hal qilishga odatlangan. Uni shafqatsizligi va kibri uchun Jinlar generali deb atashadi, ammo bu niqob ortida or-nomusli inson yashirinadi.
Chansha gersogi isyon ko‘targanda, qirollik farmoni generalni Buyuk Ustoz xonadoni bilan ittifoq izlashga majbur qiladi. Shunday qilib, u poytaxtda nafaqat go‘zalligi, balki o‘tkir zehni bilan ham tanilgan qiz — Se Tsyayuyni xotinlikka oladi. U mexanizmlar va ixtirolarga qiziqadi, uning xayoli saroy fitnalari bilan emas, chizmalar bilan band. Dastlab ularning nikohi shunchaki manfaatli kelishuv xolos. Ammo dushmanlar ularning ikkoviga ham ov boshlaganida, qattiqqo‘l general va topqir ixtirochi bir-biriga ishonishni o‘rganishga majbur bo‘ladi.