Tong Qushi

Tong Qushi

Turklardan qaynoq yangilik! Sanem reklama agentligiga ishga kiradi va shu zahoti korporativ fitnalar va ishdagi ishq toʻriga ilinadi. Zeriktirmaydigan ofis hayoti haqida jozibali romantik komediya.

Serial haqida

“Bu qamoqxona” - Sanemning faqat opasi tufayli ishga joylashgan yangi kompaniyasi haqidagi birinchi fikri shu boʻladi. Sanemning orzulari butunlay boshqacha edi - bestseller yozish va Galapagos orollariga koʻchib ketish, ammo ota-onasi qizini xayollar osmonidan yerga tushirishning yoʻlini topishdi. Ular uni erga berib yuborish bilan qoʻrqitishadi. Qoʻrqqanidan Sanem muvaffaqiyatli reklama agentligida “u yer-bu yerga yugur” ishiga rozi boʻldi. Toʻgʻrirogʻi, makkor raqobatchi va sirli korporativ josus paydo boʻlguniga qadar, agentlik muvaffaqiyatli edi. Uni qidirishni yangi boshliq - kasal otasi uchun yuqori lavozimni qabul qilgan sayohatchi-fotograf Jan oʻz zimmаsiga oladi. Biroq uning shuhratparast akasi bunday vaziyatdan mamnun emas. Bechora Sanem ikki boshliq oʻrtasida, goʻyo ikki oʻt orasida qolganday, sarson-sargardon boʻladi. Ishdagi dahshatli vaziyat yetmagandek, gʻira-shirada tasodifan uni oʻpib qoʻygan sirli notanish kishini ham xayolidan chiqara olmaydi. Sanem oʻz orzularida uni Albatros deb ataydi.

Janr
Melodramalar
Komediya
Xorijiy
Davomiylik1 mavsum
Yil2018-2019
Cheklovlar16+
Tillarruscha, turkcha
Tagyozuvlarruscha, ingliz tili, oʻzbek tili
Tasvir va ovozFull HD, HD
Haqiqiy sifat huquq egasining qurilmasi va cheklovlariga bogʻliq
8,9
Taniqli aktyorlar
148 996 baho

Serial materiallari

Treylerlar va materiallar

Kadrlar