Bosh qahramon, 10 yoshli Reppi, o‘ynashni, raqsga tushishni va baraban chalishni juda yaxshi ko‘radi. Uning egizak singlisi hamma narsada akasidan o‘zib ketishga harakat qiladi, kenja ukasi esa hamma joyda ularning ortidan ergashadi. Bolalarning ajoyib hazilkash onasi, mehnatkash otasi, g‘ayratli buvisi va mehribon bobosi bor. Kichiklar qanday sarguzashtlarga aralashib qolmasin, kattalar har doim ularga yordamga keladi. Axir, bir-biriga yordam berishni o‘rgansang, eng qiyin vaziyatlardan ham chiqish yo‘lini topish mumkin.