Koʻp yillar davomida Sa Gim Ran xorijga karyera qilish uchun ketgan erini sogʻinib yashadi. U erining qarindoshlariga gʻamxoʻrlik qildi, qaynona xonadonida xizmatkor boʻlib, suyukli yorini sadoqat bilan kutdi. Eri esa bu vaqtda boshqa – zamonaviy, kelishgan va oʻziga ishongan goʻzalni topib olgandi. Bir soʻz bilan aytganda, Gim Ranning mutlaqo teskarisini. Shafqatsiz xiyonatdan soʻng ezilgan bechora ayol tashqi qiyofasini ham, ismini ham oʻzgartirib, butunlay boshqa insonga aylanishga ahd qiladi. Unga oʻzining shaxsiy sabablari boʻlgan “maestro” Te Xi yordam beradi. Biroq hamma Pigmalion qissasini yaxshi biladi... “Goʻzalning tugʻilishi” doramasini onlayn tomosha qilishingiz mumkin.