Reyyan — muvaffaqiyatli tadbirkor ayol va kichik dengizbo‘yi shaharchasida joylashgan mashhur «RU» restoranining egasi. Bu yerda bosh oshpaz bo‘lib uning turmush o‘rtog‘i Emir ishlaydi, u allaqachon xotinini sevimli ayol sifatida emas, balki faqat rahbar va moliyaviy manba sifatida qabul qiladi. Reyyan Emirni ma’shuqasi bilan ushlab olgach, o‘zini tiyolmaydi va g‘azab ustida bevafо erini hayotidan ham, umumiy ishidan ham haydab yuboradi.
Biroq Emir butun jamoani o‘zi bilan birga ketishga ko‘ndiradi va sobiq xotinining oldida birorta ham oshpaz ishlashga rozi bo‘lmasligi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Shunday qilib, bir kunning o‘zida Reyyan eridan ham, o‘z muassasasidan ham, erkaklarga bo‘lgan ishonchidan ham ayriladi. Uning kechinmalarini hamdardlik bilan Uzer — uning restoranida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlaydigan jozibali yosh yigit kuzatadi. Ko‘plab to‘siqlarga qaramay, aynan u Reyyan uchun haqiqiy tayanch, madad va baxtga aylanadi. Voqealar qanday rivojlanishini bilish uchun Ivida «RU: Turkcha usulda oshxona»ni onlayn tomosha qiling.