Moskvadagi eg yaxshi tezkor xodimlardan biri Pavel Kostikov ogʻir yaralangani va sherigi halok boʻlganidan keyin tahlil boʻlimiga oʻtadi. Uni marhumning bevasi – advokat Polina Smirnova oldida aybdorlik hissi qiynaydi. Polina murakkab bir ishda yordam soʻrab murojaat qilganda, Kostikov oʻz mahoratini ishga solib, norasmiy surishtiruv oʻtkazadi va unga himoyasidagi shaxsni oqlashda koʻmaklashadi.
Bu muvaffaqiyat ortidan ularning yashirin hamkorligi boshlanadi – ular birgalikda Polinaning erini oʻldirgan qotilning iziga tushish bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham aralashgan yirik jinoiy tashkilotga duch kelishadi.
“Sirli maslahchi” serialini Ivi platformasida onlayn tomosha qiling.