Quyoshni kutib

Quyoshni kutib

Viloyatlik ona va qiz toʻkisroq turmush ilinjida Istanbulga koʻchib oʻtishadi. Ammo ulkan shahar ularni koʻplab kutilmagan sinovlar bilan qarshi oladi.

Serial haqida

Uning eng yaqin dugonasi Jale Istanbulda yashab, juda nufuzli kollej direktori lavozimida ishlaydi. U qahramonlarga ko‘chib o‘tishda yordam beradi, shuningdek, Zaynabnini o‘zi ishlaydigan nufuzli ta’lim muassasasiga joylashtiradi. Katta xarajatlarni qoplay olishi uchun qizga stipendiya ajratiladi.

Shunday qilib, viloyatdan kelgan kamtarin qizi “oltin yoshlar” davrasiga tushib qoladi. Bu Zaynab uchun oson emas, chunki sinfdagi sardor – kelishgan Kerem maktab sohibining o‘g‘li boʻlib, hatto o‘qituvchilar ham unga qarshi gapirishdan qo‘rqadilar. U yangi o‘quvchi qizni o‘qishni tashlashga majbur qilish uchun turli qiliqlar bilan jigʻiga tegadi. Ammo Kerem Zaynabni sindirish u qadar oson emasligini xayoliga ham keltirmaydi.

Shu bilan birga, Istanbul ona va qiz uchun yangi sinovlar hamda kutilmagan hodisalarni tayyorlab qoʻygan. Masalan, Zaynabga halok boʻlgan deb hisoblagan otasining sirini bilish nasib etadi.

Qahramonlar hayotidagi keyingi voqealar rivojini «Quyoshni kutib» turk serialini saytimiz orqali onlayn tomosha qilib bilib olasiz.

Janr
Dramalar
Xorijiy
Davomiylik1 mavsum
Yil2013-2014
Cheklovlar16+
Tillaroʻzbek tili, ruscha, turkcha
Tagyozuvlarruscha, oʻzbek tili
Tasvir va ovozFull HD, HD
Haqiqiy sifat huquq egasining qurilmasi va cheklovlariga bogʻliq
9,0
Taniqli aktyorlar
118 008 baho

Serial materiallari

Treylerlar va materiallar

Kadrlar