Pekinning ishbilarmonlar tumani yaqinida, yorqin peshlavasiz va dabdabali bezaksiz, Li Linkening kichik zakusxonasi joylashgan. O‘z mehmonlari — megapolisning tarang sur’atida yashaydigan turfa odamlar — uchun bu joy chinakam boshpanaga aylanadi. Serialning har bir qismi — alohida hikoya bo‘lib, unda suhbatlar, mazali taomlar va shinam muhit orqali mehmonlarning kechinmalari, orzulari va hayotiy dramalari ochiladi.