Shafqatsiz qasos

Shafqatsiz qasos

Nozomi avariya tufayli farzandidan va hayotining to‘rt yilidan ayrildi. Bu avariya uyushtirilganini bilgach, u tashqi qiyofasini o‘zgartirib, qasos olish uchun uy xizmatchisi qiyofasida sobiq erining uyiga kiradi.

Serial haqida

Nozomi har doim uning hayoti mukammal ekaniga ishonardi. Mehribon eri Ryoichi, uzoq kutilgan homiladorlik, kelajak uchun rejalar. Goʻyo hammasi bundan-da yaxshi boʻlishi mumkin emasdek tuyulardi.

Ammo sokin baxt avariya yuz berganda qulab tushdi. Nozomi kasalxonada oʻziga kelib, dahshat bilan toʻrt yil komada yotganini bilib oladi. Farzandini saqlab qolishning iloji boʻlmadi, eri esa bu orada ulgurib ajrashib, korporatsiyaning boy merosxoʻri boʻlgan boshqa ayolga uylanib ham oldi.

Ammo tez orada qahramonni yana bir larzali haqiqat kutadi. U halokatli avariya tasodif boʻlmaganini bilib oladi. Undan qutulish uchun buni Ryoichi yangi xotini Erika bilan birga uyushtirgan edi.

Shunda Nozomi puxta oʻylangan qasos rejasiga qoʻl uradi. U tashqi qiyofasini oʻzgartirib, uy xizmatchisi qiyofasida sobiq erining uyiga kirib boradi, toki uning baxtini yoʻq qilganlarning hayotini barbod etsin.

Mamlakatlar
Yaponiya
Janr
Dramalar
Trillerlar
Xorijiy
Davomiylik1 mavsum
Yil2026
Cheklovlar18+
Tillaryaponcha
Tasvir va ovozFull HD, HD
Haqiqiy sifat huquq egasining qurilmasi va cheklovlariga bogʻliq
​
Hozircha baholar yoʻq
Film haqida fikringizni bildiring