Shovqinli Nyu-York har doim ham ertaknamo va do‘stona ko‘rinmaydi. Amerika klassiklarining filmlaridagidek, Katta Olma bu yerda kulrang va tushkun joy sifatida namoyon bo‘ladi. Artxaus kartinalardan yagona farqi shundaki, bu yerda bosh qahramonlar insoniy muammolar va tuyg‘ulardan xoli bo‘lmagan hayvonlardir.
Shunday qilib, kalamushlar bazmga boradi va u yerda bir-birining shaxsiy hayotidagi murakkabliklarni bilib oladi, politsiyachi otlar poyga oti bo‘lib qolgan hamkasbining muvaffaqiyatini muhokama qiladi, mitti qandalalar esa chinakam o‘rta yosh inqirozini boshdan kechiradi.
Hayvonlar haqidagi hikoyalar bilan parallel ravishda odamlar hayoti haqidagi syujet ham rivojlanadi. Birinchi mavsumda insonlar olamining bosh qahramoni korrupsiyaga botgan mer bo‘lsa, ikkinchisida virus tarqalishi haqidagi surishtiruv bilan shug‘ullanayotgan reportyorlar bo‘ladi.
Pilot seriyalar «Sandens» mustaqil kino festivalida taqdim etilgan va u yerda tanqidchilarning yuqori baholarini olgan, bu esa HBO buyurtmasi bilan serialni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.
«Hayvonlar» multserialini onlayn tomosha qilish mumkin.