Alan Davies

Alan Deyvis

Alan Devis (Alan Davies) – ingliz komigi, yozuvchi, aktyor bo'lib, asosan, "Jonatan Krik" nomli mistik teleserialdagi Jonatan Krik rolidan va QI televizion shousining doimiy eksperti sifatida mashhur. Alan 1966-yil 6-mayda Buyuk Britaniyaning Lyuton shahrida tug'ilgan. U 1988-yilda Kent universitetini dramatik san'atlar bo'yicha daraja bilan tugatgan va 2003-yilda Faxriy Doktor unvoniga sazovor bo'lgan. 1988-yilda Alan Devis stendap-komik qilishni boshlagan va 1991-yilda Time Out jurnalining "Eng yaxshi yosh komik" unvoni bilan taqdirlangan. Keyinchalik u Buyuk Britaniya va Avstraliya bo'ylab gastrollar bilan chiqishlarini davom ettirgan. 1994-yilda Alan Edinburg festivalida Tanqidchilar mukofatini qo'lga kiritgan va uning shousi "Alan Davies Live at the Lyric" nomi bilan video va audio kasseta sifatida chiqarilgan. 1994-1995-yillarda Devis Radio 1da "Alan's Big One" radio dasturining boshlovchisi bo'lgan. Keyinchalik Channel 4da uning "One for the Road" teleshousi efirga chiqqan. Alan tom ma'noda tomirlariga singan serial "Jonatan Krik"da asosiy rol ijro etgani uchun Britaniya kino va televizion san'atlar akademiyasi mukofotiga sazovor bo'lib, katta auditoriya e'tiborini jalb etgan. Alan Devis o'zining "The Alan Davies Show" radio sitkomini 1998-yilda ishga tushirgan, u yerda u hammuallif va asosiy qahramon bo'lgan. 1998-2000-yillarda aktyor BBC kanalidagi "A Many Splintered Thing" serialida Russel Boyd rolini o'ynagan. Keyinchalik u "Bob va Rouz" serialida, gomoekskual erkak Robbert Gossidj rolida suratga tushgan, u ayolga oshiq bo'lgan. Ushbu ishi uchun Alan Monte-Karlo televizion san'ati festivalida "Eng yaxshi aktyor" mukofotiga sazovor bo'lgan. Alan Devis, shuningdek, 2004-yilda "Roman Road", 2006-yilda "The Good Housekeeping Guide", 2008-yilda esa "Missis Marpl" va "Otel Vavilon" seriallarida suratga tushgan. 2010-yil sentyabr oyida aktyor o'zining "Alan Davies' Teenage Revolution" hujjatli filmidagi suratga olishni boshlagan, bu film uning 2009-yilda nashr etilgan "My Favourite People and Me" avtobiografik kitobiga asoslangan. Kitobda u A.P. Chexov, Jon Beluchi, Barri Sheyn, Margaret Tetcher, Jon Makinroy va o'zi qo'llab-quvvatlayotgan Arsenal futbol jamoasi kabi hurmat qilgan odamlarni eslatib o'tgan.