Benjamin Kracun

Bendzhamin Krakun

Benjamin Kracun – operator, o'zining ta'sirchan ifodalangan estetikasi bilan mashhur. Shotlandiyalik, bolalikdan fotografiya bilan qiziqqan. Edinburgdagi Neypir nomidagi universitetni tamomlagandan keyin, u mukofot sifatida nufuzli Milliy kino va televideniye maktabiga operatorlik kurslariga yuborilgan. Krakun "O'sha dengizda bo'lganlar uchun" dramasini (2013) suratga olgan, uning premyerasi Kann kinofestivalida bo'lib o'tgan. Film BIFA mukofotini "Eng yaxshi debyut" nominatsiyasida va ikkita Shotlandiya BAFTA mukofotini "Eng yaxshi film" nominatsiyasida qo'lga kiritgan. Uning 2014-yilda suratga olingan "Giena" filmi Torontodagi kinofestivalida namoyish etilgan – tanqidchilar uning odatiy bo'lmagan vizual uslubini yuqori baholaganlar. Bir yildan keyin Kracun "Qora ot" hujjatli filmni suratga olgan, u Sundens kinofestivalida tomoshabinlar simfatiyasi mukofotini olgan va Sony Picture Classics studiyasi tomonidan ekaniga chiqarilgan. "Hayvon" trileryi 2017-yilda Torontoda, keyingi yili esa Sundens kinofestivalida namoyish etilgan. Film dunyo festivallarida bir qancha nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritgan. U tanqidchilar tomonidan ma'qullangan va aktrisa Jessi Bakli uchun karera boshlanishi bo'lgan. 2019-yilda "Hayvon" BAFTA mukofotiga uch marta nominatsiya qilingan, shu jumladan "Eng yaxshi Britaniya filmi" va "Eng yaxshi debyut" nominatsiyalarida, o'nta BIFA mukofotiga va uchta London kino tanqidchilari jamiyati mukofotiga nominatsiya qilingan. O'sha 2019-yilda Kracun "Reyv" filmi uchun eng yaxshi operatorlik ishi uchun BIFA mukofotini olgan. Ham tomoshabinlar, ham tanqidchilar 1990-yillarda mashhur bo'lgan musiqiy uslubning realistik tasvirini yuqori baholaganlar. To'liq metrdan tashqari, Kracun bir nechta teleseriallarni suratga olgan, jumladan "Dublin qotilliklari" va "Tunnel". Operatorning yaqin vaqtdagi loyihalaridan "Musson" melodramasi va HBO studiyasi Plan B Entertainment tomonidan ishlab chiqilgan "Uchinchi kun" serialini ajratib ko'rsatish mumkin.