Boyz II Men

Boyz tu men

Motown records studiyasining tiklanish jarayonida, Boyz II Men guruhiga asosiy rol berildi. Ularning ikkinchi albomi, oʻziga xos nom bilan, studiya tarixidagi eng koʻp sotilgan albom boʻldi. 1997 yilning birinchi olti oyida, butun dunyo boʻylab bu albomning taxminan oʻttiz million nusxasi sotilganligi haqida eʼlon qilindi. Bundan tashqari, guruh juda koʻp mukofotlar qoʻlga kiritdi va oʻz muxlislarining qalbini zabt etdi. Boyz II Men guruhining debyut albomi 1991 yil may oyida chiqdi, uning nomi Cooleyhighharmony, 1975 yilda chiqqan Cooley High komediyasidan olingan. Tez orada guruh radioeshittirishlarni zabt etdi va iyul oyiga kelib, Motownphilly qoʻshigʻi Billboard roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi. Boyz II Men II albomidan keyin, 1995 yil noyabr oyida The Remix Collection albomi chiqdi. Uchinchi albomga tayyorgarlik koʻrishdan oldin, ular kichik tanaffus oldilar. Kelajakdagi ishlariga Jimi Jem va Terri Lyuis kabi koʻp odamlar turtki berdi. Natijada, 1997 yil sentyabr oyida Evolution albomi chiqdi.