Charlotte Rampling

Sharlotta Rempling

Tessa Sharlotta Rampling (inglizcha Tessa Charlotte Rampling) – Britaniya aktrissasi, 1946-yil 5-fevralda Buyuk Britaniya, Esseks grafligi, Stermir shahrida tug'ilgan. Evropa kino mukofoti sohibasi. Otasining ismi Godfri Rampling bo'lib, u Britaniya ofitseri bo'lgan. Sharlotta Fransiya va Angliyada ta'lim olgan. Bir muddat u model sifatida ishlagan, ammo keyinchalik Londonning "Royal Kort" aktyorlik maktabiga o'qishga kirib, model biznesini tashlab ketgan. Uning debyuti Richard Lesterning "Snarok" filmidagi epizod rol bilan bo'lgan. Bir yildan so'ng aktrisa "Jorji qizi" komediyasida rol olgan. Bu rol uning yulduzli karerasini boshlab, Britaniyada katta shuhrat olib kelgan. 1960-yillardan 1970-yillarning o'rtalarigacha Rampling Italiya filmlarida suratga tushgan. Ulardan biri – "Tungi portyer" filmidir, unda Sharlotta Liliana Kavanining rolini ijro etgan. Filmda sobiq qamoqxona qo'riqchisi va mahbus o'rtasidagi sadomazoxistik munosabatlar tasvirlangan. Bu film ko'p bahs-munozaralarni keltirib chiqargan va Italiyada namoyish etilishi taqiqlangan. Keyinchalik aktrisa Vudi Allen va Alan Parker kabi rejissyorlar e'tiborini jalb etgan. 1980-yilda Sharlotta Vudi Allening "Yulduzli changallar xotiralari" filmida bosh rolni olgan. 1970-yillarning o'rtalarida Rampling Fransiyaga ko'chib o'tgan. 1978-yilda u Jan-Mishel Jarr bilan turmush qurgan, ammo 1996-yilda nikoh buzilgan. 1980-yillarda aktrisa Yevropada ishlagan va "Maks, mening sevgim" filmida suratga tushgan. 2000-yilda Sharlotta Fransua Ozonning "Qum ostida" filmida rol ijro etgan. 2000-yillarning oxirida Sharlotta Rampling Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. 2002-yilda u "Comme une femme" nomli musiqa albomini fransuz va ingliz tillarida chiqargan. 2003-yilda Rampling Fransua Ozonning "Basseyn" filmida rol olgan. O'sha yili u teatrga qaytgan. 2006-yilda Sharlotta Rampling 56-Berlinski xalqaro kinofestivali juriyasini boshqargan. Aktrisa hozirgacha kinoda faol suratga tushishda davom etmoqda. Uning so'nggi rollari orasida – "Urush vaqtidagi hayot" filmidagi Jaklin, "Ko'cha raqslari 3D" filmidagi Xelena va "Meni qo'yib yuborma" filmidagi Miss Emili bor.