DMX (haqiqiy ismi Erl Simmons / Earl Simmons) — amerikalik reper va aktyor. O'zining sahna taxallusi Erl "Dark Man X" deb ochib beradi. Erlning bolaligi qiyin kechgan, uning katta qismini internatda o'tkazgan, yoshligida esa qisman vaqtni qamoqda o'tkazgan. Karerasining boshida Yonkersda do'stlari Lox va DJ Clue bilan MC sifatida ishlagan. 1997 yilda Simmons Def Jam bilan shartnoma imzolagan va keyingi yilda uning "Get at Me Dog" treki chiqqan, bu uning ismini tanitgan. Dastlabki albomi "It's Dark and Hell Is Hot" o'sha yili Billboard chartini boshqargan va 4 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Keyingi albomlari "Flesh of My Flesh, Blood of My Blood" va "...And Then There Was X" birinchi albom kabi muvaffaqiyatli bo'lgan. Beshinchi albomi "Grand Champ"dan so'ng DMX o'zining musiqiy karerasida tanaffus e'lon qilgan. Faqat 3 yildan keyin "Year of the Dog… Again" albomi Sony rekord-leyblida chiqqan. Keyinchalik Bodog Music leybliga shartnoma imzolagan va "Walk With Me Now And You'll Fly With Me Later" albomi ustida ishlagan. 2008 yilda DMX hibsga olingan, unga giyohvand moddalarni saqlash, hujjatlarni soxtalash va boshqa ayblovlar qo'yilgan. 90 kunlik jazoni o'taganidan keyin ozod qilingan. 2010 yilda sinov rezhimini buzganlik uchun yana hibsga olingan, keyinchalik ozod qilingan.