Dzhigan

Jigan (1985-yil 2-avgustda tug‘ilgan) - xip-xop ijrochisi. Haqiqiy ismi — Denis Aleksandrovich Ustimenko-Vaynshteyn. Xip-xopga 7 yoshidan qiziqib kelgan. 2007-yilda Ushinskiy nomidagi YUUNPU jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. Jigan Odessada xip-xop kechalarini o'tkazishni boshlagan birinchi kishilardan biri edi. 2005-yilda DJ Timati DJ DLEE bilan tanishdi va 2007-yilda Timati va Bogdan Titomir bilan birgalikda "Griaznie shlyushki" trekini yozdi, bu internet xitiga aylandi. Keng jamoatchilikka 2009-yilda Anna Sedokova bilan "Xolodnoe serdtse" qo'shig'i ustida ishlagandan so'ng tanildi. G‘alabalar: 2011 — har yili o'tkaziladigan "Fashion People Awards" mukofotining "Feshn-duet" nominatsiyasida Yuliya Savicheva bilan g'olib; 2011 — Yuliya Savicheva ishtirokidagi "Otpusti" xiti uchun "Oltin gramofon"; 2011 — Yuliya Savicheva bilan duetda "Yil qo'shig'i" festivalining g'olibi; 2012 — Yuliya Savicheva bilan duet qo'shig'i "Otpusti" uchun "20 eng yaxshi qo'shiq" teleko'rsatuvidan diplom va qizil yulduz; 2012 — Diskoteka Avariya va Vika Krutoy bilan birgalikda "Yil qo'shig'i" festivalining g'olibi; 2013 — "20 eng yaxshi qo'shiq" teleko'rsatuvidan "Nas bol'she net" qo'shig'i uchun diplom va qizil yulduz; 2014 — Muz-TV versiyasiga ko'ra Eng Yaxshi Xip-Xop loyiha nominatsiyasida g'olib; 2014 — har yili o'tkaziladigan "Fashion People Awards" mukofotining "RnB-Fashion" nominatsiyasida g'olib. Albomlar: "Xolodnoe serdtse" (2012); "Muzika. Jizn." (2013); "Tvoy Vybor" (2015).