Jon Uotts (inglizcha Jon Watts) – amerikalik kino rejissyor, prodyuser va ssenariy muallifi. O'zining "Kloyn" (2013), "Politsayskiy mashina" (2015) va "O'rgimchak odam: Uyga qaytish" (2017) va "O'rgimchak odam: Uyda emas" (2019) filmlari bilan mashhur. Jon Uotts 1981-yil 28-iyun kuni Kolorado shtatining Fountayn shahrida tug'ilgan. U Nyu-York universitetida kino o'qigan. Uotts sobiq talant izlovchi agent Dian Makguniglga uylangan. Filmlar suratga olishni boshlashidan oldin u Park Pictures kompaniyasida ishlagan va reklama rolliklarini suratga olgan. Jon, shuningdek, Fatboy Slim, TV on the Radio va Death Cab for Cutie guruhlari uchun kliplar suratga olgan. Jon Uottsning to'liq metrajli rejissura debyuti dahshatli film "Kloyn" (2013) bo'lgan. Uotts do'stlari bilan mavjud bo'lmagan filmning treylerini suratga olgan, unda ota eski kostyumni kiyib, qotil kloynaga aylanadi. Ular treyerni YouTube'ga joylashtirgandan keyin, Uottsga Eli Rot murojaat qilib, ushbu syujet bo'yicha to'liq metrajli film suratga olishni taklif qilgan. Uottsning keyingi filmi Kevin Beykon ishtirokida triller "Politsayskiy mashina" (2015) bo'lgan. Aslida mashhurlikni esa Jon O'rgimchak odam filmlari olib keldi. Bu personajning katta muxlisi bo'lib, Jon Uotts Marvel uchun "O'rgimchak odam: Uyga qaytish" (2017) va "O'rgimchak odam: Uyda emas" (2019) filmlarini suratga olgan.