Elena Vaenga

Elena Vaenga – Elena Vladimir qizi Xrulyevaning laqabi, Rossiya estradasi qo'shiqchisi, aktrisa, shanson'ye, bard, qo'shiqlar muallifi va bastakori. Uning repertuari o'z qo'shiqlaridan, zamonaviy va qadimiy romanslar, balladalar, xalq qo'shiqlaridan iborat. To'qqiz yoshida Vaenga birinchi qo'shiqni yozib, yosh bastakorlar tanlovining g'olibi bo'ldi. Maktabni tugatgandan so'ng, u Sankt-Peterburg shahridagi musiqa kollejida fortepiano bo'yicha o'qidi va kontsertmeyster diplomini oldi. U maktabda musiqa darslarini o'qitdi va vokal bilan shug'ullandi. Vaenga "Jivaya voda" albomini yozdi, lekin prodyuserning aybi tufayli u chiqmadi. Bundan tashqari, yomon prodyuser Elena Vaenganing qo'shiqlarini boshqa ijrochilarga sotdi: Aleksandr Marshalga, Tatiana Tishinskayaga, "Strelki", "Bozh'ya korovka" guruhlariga va boshqa mashhur artistlarga. Elena sobiq prodyuser bilan sudlanmadi. 2009-yilda qo'shiqchi birinchi "Oltin grammofon" mukofotini oldi. 2011-yilda u Germaniya, Isroil va AQShda muvaffaqiyatli gastrollarda qatnashdi. Forbes jurnali 2011-yilda Rossiya shou-biznesidagi muvaffaqiyatli odamlar ro'yxatida Elena Vaengani ko'rsatdi, u olti million dollardan ko'proq pul ishlab topdi. 2012-yilda qo'shiqchi Ukraina va Germaniyada kontsert turnesini o'tkazdi.