Emili de Reyvin (inglizcha Emilie de Ravin) – taniqli avstraliyalik aktrisa. U 1981-yil 27-dekabrda Avstraliyaning Melburn shahrining janubiy chekkasida joylashgan Maunt-Eliza shahrida tug'ilgan. Emili oilada eng kichik bola bo'lib, uning ikki katta opasi bor edi. Emili 9 yoshga to'lgach, ota-onasi uni Melburndagi "Krista Kameron Balet Maktabi"ga yuborishgan. Oddiy maktabga bormagan – u uyda o'qigan va uning o'qituvchisi onasi bo'lgan. 15 yoshida ota-onaning tavsiyasi bilan "Avstraliya Balet Maktabi"ga o'qishga kirgan, bir yil o'qigan va keyin uni tashlab ketgan. Emili balerina bo'lishni emas, aktrisa bo'lishni xohlagan, shuning uchun Sidneiga ko'chib, "Milliy dramatik san'at instituti"ga o'qishga kirgan. Bitirgandan so'ng, u Los-Anjelesga ko'chib o'tgan va "Prime Time Actors Studio"ga qo'shilgan. Birinchi marta aktrisa televizorda "Hayvonlarning hukmdori" serialida Kapira demonasi rolini o'ynagan. Shundan keyin, u yoshlar uchun mo'ljallangan serialda Tess Xarding rolini ijro etgan. 2003-yilda "Dengiz politsiyasi. Maxsus bo'lim" serialida Nensi rolini o'ynagan. 2004-yilda Emili de Reyvin "Omon qolish" serialining kastingida qatnashib, muvaffaqiyatli o'tgan va Kler Littlton rolini olgan. Bu ABC telekanalidagi mashhur serial bo'lib, u de Reyvinga shuhrat va muvaffaqiyat olib kelgan. 2005-yilda aktrisaga yangi taklif kelib, u "Kirtak" filmida Emili Kostich rolini o'ynagan va mashhur aktyor Jozef Gordon-Levitt bilan birga ishlagan. 2006-yilda "Tupiklarda ko'zlar bor" filmi chiqqan, unda Emili Brenda Karter rolini ijro etgan. Xuddi o'sha 2006-yilda, 19-iyun kuni Emili mashhur aktyor Josh Janovichga turmushga chiqqan, ammo keyinchalik ular ajrashgan. 2009-yilda "Jonni D." filmida aktrisa Barbara Patske rolini – bank kassiri sifatida o'ynagan. 2010-yilda u Robert Pattinson bilan birga "Meni eslab qol" filmida rol ijro etgan. 2012-yilda "Sevgi va boshqa muammolar" filmining chiqishi rejalashtirilgan, unda aktrisa Sara rolini o'ynagan.