Xoyte van Xoytema (inglizcha: Hoyte Van Hoytema) - kinooperator, Shimoliy Yevropa, Angliya va AQShda ishlaydi, uning eng mashhur loyihalari - "Bojchik", "Shpin, chiqib ket!" va "Interstellar". 1971-yil 4-oktabrda Shveytsariyaning Syurix shahrida tug'ilgan, ammo Gollandiyada o'sgan. Xoyte van Xoytemaga ta'limni Polshada, Lodj shahridagi Milliy kino maktabida olgan. Keyin u Shvetsiyaga ko'chib o'tdi va u yerda reklama rolliklari, hujjatli filmlar va seriallar suratga oldi. U ko'p amerikalik rejissyorlar bilan ishlasa-da, uning uyi Stokgolmdadir va van Xoytema u yerda xotini va qizi bilan yashaydi. Xoyte van Xoytema ko'plab nufuzli mukofotlarni, jumladan Skandinaviyada ham olgan. U Tomas Alfredson va Kristofer Nolan kabi mashhur rejissyorlar bilan ishlagan. 2009-yilda u "Bojchik" filmining operatori sifatida ishlagan (rejissyor Devid O. Rassel), unda Kristian Beyl va Melissa Leo rollarda o'ynagan. Film ikki "Oskar" mukofotini va besh nominatsiyani olgan. O'sha yili Xoyte van Xoytema "Variety" jurnalining AQSh nashrida "Kuzatish lozim bo'lgan 10 kinematograf" ro'yxatiga kiritilgan. Van Xoytemaning yana bir mashhur ishi - 2011-yilda ekranga chiqqan "Shpin, chiqib ket!" detektiv filmi. Film voqealari 1973-yilda sodir bo'lib, MI-6 razvedka xodimlariga bag'ishlangan. 2014-yilda "Interstellar" fantastik dramasini ekranga chiqargan. Filmning jozibali kosmos ko'rinishlari va afsonaviy tasvirlari operator Xoyte van Xoytemaga bog'liq. Film AQSh, Kanada va Islandiyada suratga olingan.