Igor Malakhov

Igor Malakhov

Igor Malaxov – rossiyalik aktyor. 1959-yil 8-iyulda tugʻilgan.

Tarjimai hol

Birinchi marta aktyor “Rus goʻzali bilan ettita kun” filmida suratga tushgan, u 1991-yilda katta ekranlarga chiqqan. Bu komediya perestroykaga nisbatan etarlicha jasur qarashga ega boʻlib, koʻp yillar oʻtgach tomoshabinlarda mehr va nostaligiya uygʻotdi.

Biroq eng katta mashhurlikka Igor Malaxov “Maski-shou” komik guruhi aʼzosi boʻlganida erishdi. 1995-yilda “Maski-shou”ning birinchi parodiya-yumoristik dasturi suratga olingan. Tez orada dastur koʻpchilikka yoqdi va “Maskalar” aktyorlari mashhur boʻldi.

2002-yilda Malaxovga mashhur “Kopeyka” filmidagi epizodik rol taklif qilingan. Keyingi yilda esa komik “MASKI: Igra v klassiklar. Don Juvon. Romeo va Djuliyetta” komediya serialida rol oʻynagan. Bu yerda bir qator yangi filmlar taqdim etilgan, ularni rang-barang va yorqin shoular deb atash mumkin. Deyarli har bir epizod feerik spets-effektlar, triuklar va albatta kulgili dialoglar bilan toʻldirilgan.

2005-2006-yillarda “Plyus cheksizlik” filmidan iborat 8 seriya chiqqan. Bu yerda Malaxovga yana epizodik rol taklif qilingan. 2009-yilda esa Igor Malaxov “Maski-shou” jamoasining navbatdagi komediya lentasida razboynik rolini oʻynagan. Ushbu musiqiy filmda “Alibi”, “Diskoteka Avariya”, “Armiya”, “Bumboks”, “Aviator”, “NeAngellar” va boshqa mashhur guruhlar ishtirok etgan.

Aktyorlik faoliyati davomida Igor Malaxov Vladimir Zelenskiy, Evgeniy Koshevoy, Filip Kirkorov, Ruslana Pysanka, Mixail Voloshin, Nikolay Timofeyev va boshqalar bilan hamkorlik qilgan.

Malaxovning aktyorlik ishini teatr spektakllarida ham koʻrish mumkin: “Ataqa klounlar”, “Dinner Shou”, “Boris Barskiy bilan uchrashuvlar”, ular “Maski-shou” jamoasi bilan sahnalashtirilgan. Komik guruhi eng mashhur ishtirokchilari: Georgiy Deliyev, Natalya Buzko, Boris Barskiy, Vadim Nabokov, Vladimir Komarov.