Jeyms Kirk (inglizcha James Kirk, haqiqiy ismi - Jeyms Nikol Kirk, inglizcha James Nichol Kirk) – Kanadaning kino va televidenie aktyori. 1986-yil 2-mayda Kanada, Britaniya Kolumbiyasi, Vankuver shahrida tug'ilgan. Eng ko'p 2006-yilda rejissyor Endi Fikmenning "U - erkak" deb nomlangan melodramatik komediya filmidagi Sebastyan roli bilan mashhur. Deybutini 1998-yilda rejissyor Xarvi Frostning "Milliy golf va bolalar" sport komediyasida ekranga chiqib qilgan. 2000-yilda rejissyorlar Gari Xarvi va Jeyn Tompsonning "Ejmont" nomli kanadali ko'p qismli televizion loyihasida u Travis Deosdade rolini o'ynagan. 2000-yilda yana ikki filmda Jeyms Kirk ishtirok etgan – rejissyor Yan Berriyning "Santa Klausga parvoz" oilaviy drama-fantastikasi va rejissyor Tibor Takachning Stiven X. Berman ssenariysi bo'yicha "Bir marta Rojdestvo" melodramatik komediyasi. Keyingi yilda, 2001-yil 8-dekabrda, uning ishtirokida "Yana bir marta Rojdestvo" oilaviy komediyasining davomi chiqqan. 2002-yilda rejissyor Stiven Jillenxolning "O'limdan keyin hayot" kriminal-detektiv trillerida Jeyms Kirk Eddi Kats rolini ijro etgan. O'sha yili, rejissyor Devid R. Ellisning "Belgilangan joy" trillerining davomida Tim Karpenyer rolini taklif etilgan va uning premyerasi 2003-yil 30-yanvarda bo'lgan. 2005-yilda u rejissyor Norma Beylining Armand Grant va Marvin J. Vulf ssenariysi bo'yicha "Ayollar uchun tun" kriminal drama-trillerida paydo bo'lgan. O'sha yilda rejissyor Dena Lustigning "Karyeristning kundaligi" melodramatik komediyasida Jeyms Kirk Sebastyan rolini o'ynagan. Ushbu filmda u Jenifer Lav Xyuitt, Shtefani fon Pfetten va Kolin Fergyuson kabi aktyorlar bilan birga ishlagan. 2006-yilda rejissyor Rich Tornning "Doktir Dulittl" oilaviy komediyasining uchinchi qismida u Piter rolini ijro etgan. 2011-yilda rejissyor Devid Xoganning "Begemot" nomli fantastik jangovar filmi, unda Jeyms Kirk ishtirok etgan, prokatga chiqishi rejalashtirilgan edi.