Moris Rone - fransuz aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi.
Moris Rone (haqiqiy ismi - Moris Jilyen Mari Robin) 1927 yil 13 aprel kuni Fransiyaning janubiy qismidagi Nitsa shahrida tavallud topgan. Moris teatr aktyorlari Emil Robin va Jilberta Dyubreyning yagona o'g'li bo'lgan. Moris bolaligidanoq teatr san'atini, rasm chizishni, adabiyotni va musiqani yaxshi ko'rgan.
Moris Rone Parijda Oliy milliy dramatik san'at konservatoriyasini tugatgan va u yerda mashhur aktyor Jan-Lui Barro qo'l ostida o'qigan.
Aktyorning debyuti 1941 yilda sodir bo'lgan, o'shanda o'n besh yoshli Moris Shveytsariyada rejissyor Sasha Gitri spektakli "Ikki kishilik stol"da rol ijro etgan.
1947 yilda Moris Rone Parij teatr sahnasida birinchi marta chiqqan va shu yildanoq kino suratga tushishni boshlagan.
Aktyorning birinchi e'tiborli filmi rejissyor Jak Bekkerning 1948 yilda suratga olingan "Iyulda uchrashuv" filmi bo'lgan. Keyingi yillarda Rone "Jodugar" (1956), "Manxettenning uch xonasi" (1965), "Rafael - buzuqchi" (1971), "General Bulanjening kechasi" (1982) kabi yorqin filmlarda rol ijro etgan.
Moris Rone ning eng muvaffaqiyatli rollari orasida "Eshafot liftida" (1957) filmidagi qotil Jilyen va "Bildiruvchi olov" (1963) filmidagi o'z joniga qasd qilgan Alen Leroy rollari bor. 1964 yilda Leroy roli uchun Moris Rone Fransuz kino akademiyasining "Kristal yulduz" mukofotiga sazovor bo'lgan, u yilning eng yaxshi aktyori deb topilgan. 1965 yilda esa shu rol uchun uni San-Paulu Braziliya kino festivalida eng yaxshi aktyor deb tan olganlar.
Moris bilan filmlarda birga suratga tushgan mashhur aktyorlar orasida Alan Delon (uning bilan to'rtta filmda rol ijro etgan), Janna Moro, Romi Shnayder, Bridjit Bardo, Jeyn Birklin, Marina Vladi va boshqalar bor.
Umuman olganda, Moris Rone o'zining kino va televidenie karerasida turli janrlarning yuzdan ortiq filmida bosh, ikkinchi darajali va epizod rollarda suratga tushgan.
Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Moris rejissyor va ssenariy muallifi sifatida ham mashhur. U rejissyor sifatida "Tibidabo o'g'ri" (1965), "Bartlbi" (1976) filmlari ustida ishlagan, shuningdek, "Mozambik" (1973), "Ajdarlar oroliga" (1974), "Edgar Allan Poening sirli hikoyalari: Oltin qo'ng'iroq" (1980) filmlari uchun ssenariy yozgan.
Aktyor o'z ishi haqida shunday degan edi: kino ni tanlagan, chunki u erda "adabiyot, musiqa va rasm bilan bog'liq bo'lgan, ayniqsa qiziqarli narsalarni topgan". Uning fikricha, "bu butun bir umrni to'ldirish uchun etarli".
Moris Rone ikki marta turmushga chiqqan. Uning birinchi xotini Mariya bo'lib, ularning nikohi olti yil davom etgan.
Ikkinchi nikohiga 1977 yilda kirgan. Uning tanlagani Charli Chaplinning kenja qizi Jozefina bo'lgan. 1980 yilda Moris va Jozefinaning Jilyen ismli o'g'li dunyoga kelgan.
Moris Rone saraton kasalligidan 55 yoshida, 1983 yil 14 mart kuni Parij kasalxonasida vafot etgan.