Nikolas Britell – ikki marta Oskar mukofoti laureati va Emmy mukofoti nominanti, pianinochi va kompozitor. U tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan filmlarga original musiqa yozgani bilan keng tanilgan. Uning musiqasi Barri Jenkinsning "Agar Bill-strit gapira olsa" (2018) va "Oy nurida" filmlarida eshitiladi, bu ikkinchisi 2017 yilda "Eng yaxshi film" nominatsiyasida Oskar mukofoti bilan taqdirlangan. " Agar Bill-strit gapira olsa" filmi Oskar, BAFTA va Tanqidchilar tanlovi mukofotlariga nominatsiya qilingan. 2016 yilda "Oy nurida" filmi unga Oltin Globus va Tanqidchilar tanlovi nominatsiyalarini, shuningdek, Hollywood mukofoti – Media musiqasi uchun "Eng yaxshi original musiqa" kategoriyasini olib keldi. Avvalroq u Adam MakKeyning "Pastga oʻyin" filmiga musiqa yozgan, bu esa kompozitor va rejissyor oʻrtasidagi hamkorlikning boshlanishi boʻldi va natijada Kristian Beyl va Emi Adams ishtirokidagi "Quvvat" filmiga musiqa yaratildi. Bundan tashqari, Britell Netflix platformasi uchun Timoti Shalamenga asosiy rol berilgan "Angliya qiroli" filmiga va HBOning "Meros" serialiga musiqa yozgan, bu serial 2019 yilda "Eng yaxshi kirish titrlaridagi musiqa mavzusi" nominatsiyasida Emmy mukofoti bilan taqdirlangan. 2019 yilda Britell "If Bill Street Could Talk" va "Quvvat" filmlari uchun musiqa yozgani uchun World Soundtrack Awards mukofotining "Yil kompozitori" kategoriyasida taqdirlangan. 2020 yilda u yana bir bor shu mukofot bilan "Meros" seriali uchun musiqa yozgani uchun taqdirlangan. Britell Steinway artisti hisoblanadi (Tarjima izohi: "Steinway artistlari" – Steinway kompaniyasining mashhur pianinochilarining roʻyxati). U kutilayotgan loyihalar uchun musiqa yozgan: Barri Jenkinsning "Yer osti temir yoʻli" va "Arslon qiroli" seriallari, HBOning "Meros" serialining 3-mavsumi va Adam MakKeyning Netflix uchun "Yuqoriga qarab qilma" filmi.