Okean Elzi

"Okean Elzi" – eng mashhur rok guruhi. U 1994 yilda Lvovda tashkil etilgan. Lider va vokalist Svyatoslav Vakarchuk bo'lgan. O'sha vaqtda ular pop va lirik rok musiqasini ijro etishgan, Vakarchuk ko'pchilik qo'shiqlar uchun matn va musiqani yozgan. Birinchi albomi "Tam, de nas nema" 1998 yil oxirida chiqqan. U darhol guruhga muvaffaqiyat olib kelgan, klip MTV-Rossiya kanali orqali namoyish etilgan. O. E. – original uslub, yorqin o'zgarishlar, chuqur matnlar, musiqiy hayajon va ta'sirli energiya. Keyinchalik guruhning klip va qo'shiqlari barcha musiqiy kanallar va televideniye dasturlarida tez-tez ishtirok etgan. Ikkinchi albomi "Yananibibuv" (2000 yil). Bahor 2001 yilda uchinchi albomi – "Model" chiqqan. Albomlardan keyin katta miqyosli kontsert turlari o'tkazilgan. "Dolce Vita" (ital. "Shirin hayot") – ukrainalik guruhning 7-studiyaviy albomi 2010 yilda chiqqan. Yangi ishda musiqachilar ko'p turli qo'shimcha asboblarni ishlatishmagan. Albomda "Yananibibuv" ning ovozi bilan o'xshash ovoz ishlatilgan, ya'ni asosiy 4 asbob va vokal. Publika va tanqidchilar bir necha marta "Okean Elzi" ni MDS va Sharqiy Yevropaning eng yaxshi rok guruhi deb tan olgan. Ukrainada va Rossiyada bir milliondan ko'proq disklar sotilgan.