Rainer Werner Fassbinder

Rayner Verner Fassbinder

Reyner Verner Fassbinder - taniqli nemis kino rejissori, "yangi nemis kinosi"ning bir idiyologi.

Filmografiya
1 ta film
Hammasi
Rejissyor
Produser
Ssenariynavis
Tarjimai hol

Fassbinder 1945-yil 31-mayda Bavariyada shifokor va tarjimon oilasida tug'ilgan. 1951-yilda ota-onasi ajrashgan, bola onasi bilan yashagan. Onaga qiyin bo'lgan, u ko'p ishlagan va o'g'li oyoq ostida qolmasligi uchun uni tez-tez kinoteatrga jo'natgan. Keyinchalik u tan olganidek, u har kuni kinoga borgan va ba'zan bir vaqtda uchta filmni "yutib yuborgan".

Fassbinder bolaligidanoq isyonkor va konformist bo'lmagan. 15 yoshida u ochiqchasiga o'zining noan'anaviy jinsiy orientatsiyasini e'lon qilgan, maktabni tashlab ketgan va o'zi pul topishga kirishgan.

1964-yilda Reyner Myunxen shahridagi teatr studiyasiga o'qishga kirgan, o'qish bilan birga teatrda statist sifatida ishlagan, pyesalar va ssenariylar yozgan. 1968-yilda u hamfikrlar bilan "Antiteatr"ni tashkil etgan va tez orada uning g'oyaviy rahbari bo'lgan.

60-yillarning oxirida Fassbinder Antiteatr hamkasblari bilan birga o'zining birinchi filmlarini suratga olgan: "O'limdan sovuqroq sevgi", "Katselmaxer" (bu film bir nechta nufuzli federal kino mukofotlariga sazovor bo'lgan), "Vabo xudolari".

Rejissorning birinchi tijorat muvaffaqiyati "Yilning to'rt fasli savdogrisi" filmi bilan kelgan, xalqaro miqyosda esa "Qalbni yutib yuboradigan qo'rquv" filmi bilan e'tirof etilgan, u Kann kinofestivalida ikkita mukofotga sazovor bo'lgan.

1977-yilda Fassbinder "Umidsizlik" filmiga suratga olgan, bu film tanqidchilar tomonidan mahorat va chuqurlik darajasida Visconti va Bergman ijodiga qiyoslangan.

Fassbinderni eng shov-shuvli filmi "Mariya Braunning turmushi" (1978 y.) bo'lgan, unda uning ikki rasmiy xotinidan biri va musasi Xanna Shigula suratga tushgan.

Deyarli bir yil (1979-yil iyunidan 1980-yil apreligacha) rejissorning eng ambitsiozli va qimmatbaho loyihasi - 14 qismli televizion film "Berlin - Aleksanderplatts" suratga olishga ketgan.

Uning karerasidagi oxirgi film fransuz yulduzi Jan Jene romanining ekranganasi "Kereyl" (1982 y.) bo'lgan, bu fransuz portidagi gomoekyual dengizchi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Fassbinder har doim o'z imkoniyatlarining chegarasida yashagan: giyohvandlik qilgan, ko'p ichgan, ko'p sevgi aloqalariga ega bo'lgan, yilda 3-4 film suratga olgan, "Qizil armiya fraksiyasi"ga ochiq xayrixohlik bildirgan, buning uchun uni tahqirlashgan va ishdan bo'shatganlar.

U filmlar ishlab chiqarish haqida hamma narsani bilgan, o'z filmlarida prodyuser, ssenariy muallifi, rejissyor, montajchi, kompozitor va aktyor sifatida ishlagan.

Fassbinder 37 yoshida giyohvandlikdan olingan overdosisdan vafot etgan. Qisqa umrida u 43 ta film suratga olgan. U o'lik holda topilgan xonada uning yozib bitmagan ssenariysi yotgan, oxirgi soatlarida u Roza Lyuksemburg tarixi ustida ishlagan.